Evropa ligasida hafta futbolchisi e’lon qilindi

U kecha xet-trik qayd etgan edi.
Xabaringiz bor kecha Evropa ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Sevilya” forvardi Munir musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ta’kidlash kerakki, u "Dyudelanj"ga (5:2) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan edi. E’tiborlisi, ushbu o‘yindagi g‘alaba andalusiyaliklarni muddatidan avval pley-offga olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu nomga Munirdan tashqari shuningdek Markus Rashford, Esteban Granero va Entso Krivellilar ham da’vogarlik qilishgan edi.

08.11.2019, 23:16 2 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish