"Liverpul"ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?

U hammalan ko‘p ovoz oldi.
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen jamoaning o‘tgan oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish kerakki, u muxlislar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada hammadan ko‘p ovoz to‘pladi. Ushbu sovringa shuningdek braziliyalik xavbek Fabino hamda senegallik hujumchi Sadio Manelar ham da’vogarlik qilishgan edi.
Ma’lumot uchun, Oksleyd-Chemberlen oktyabr oyida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 3 ta gol urishga erishdi.

08.11.2019, 23:12 1 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish