"Real"ning "Eybar"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasida bir qator o‘zgarishlar bor

Madridliklarning navbatdagi o‘yinida maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bilan tanishing!
La Liganing 13-turida "Real" "Eybar" klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv uchun Madrid klubining qaydnomasi e’lon qilindi.
Xames Rodriges va Garet Beyl juma kunidan buyon mashg‘ulotlarda ishtirok etishmayapti va o‘z jarohatlarini davolashda davom etishmoqda.
Bundan tashqari, Marselo ham jarohatlangan va Mariano Dias, Luka Yovich tarkibdan chetda qolishdi.
Yana bir e’tiborli tomoni, 19 oktyabrdan beri asosiy jamoada o‘ynamayotgan Vinisius Junior va Braim Dias bu safar qaydnomaga kiritildi.
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Luka Modrich, Federiko Valverde, Isko.
Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Lukas Vaskes, Rodrigo Goes, Vinisius Junior, Braim Dias.

08.11.2019, 23:03 2 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish