Mourino grand klublardan biri bilan muzokara o‘tkazmoqda

U uzoq muddatga shartnoma imzolamoqchi.
Portaguliyalik mutaxassis Joze Mourino faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha Mourino bilan “Bavariya” qiziqib qolgan. Tomonlar ayni damda muzokaralar o‘tkazishmoqda.  Joze nemis grandini boshqarishga tayyor, biroq, u kamida 2022 yilga qadar shartnoma imzolanishini talab qilmoqda.
Mourino bu boradagi yakuniy qarorini FIFA kunlari paytida qabul qilishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” bundan bir necha kun muqaddam Niko Kovachni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqargan edi.

08.11.2019, 21:32 4 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish