Davron Fayziev: "Paxtakor"ning erta chempion bo‘lishi O‘zbekiston MTJga biroz salbiy jihatlari bor

Taniqli sharhlovchi muddatidan avval chempion bo‘lgan "Paxtakor" futbolchilari terma jamoada biroz ishtiyoqsiz ko‘rinishi mumkin deb o‘ylaydi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi muhim o‘yinlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston MTJda muammolar borligi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan shunday yo‘l tutildi – Davron Fayziev

Superligada chempion nomi allaqachon ma’lum bo‘lgan. Ho‘sh, bu holat O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qanday ta’sir qiladi? Shu savol bilan “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayzievga yuzlandik.
2681572795599
- Chempion nomi erta ma’lum bo‘lishining ozgina minuslari bor. Chunki futbolchilarda motivatsiyasiz ruhiyat paydo bo‘lishi mumkin. Buning ustiga “Paxtakor” kubokni ham yutdi. “Sherlar” bugungi kunda terma jamoaning o‘zagi. Futbolchilar ozgina bo‘shashish kayfiyatida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham balki Vadim Abramov ularni tezroq terma jamoa muhitiga olib kirib, “Paxtakor”dagi bayramona muhitdan tortib olib, bu erda ishlar ko‘p degan ma’noda yig‘inni ertaroq boshlagandir, deb taxmin qilish mumkin, - dedi Davron Fayziev.

08.11.2019, 17:32 1 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish