Mata: “Marsyal to‘pni menga oshirmasdan to‘g‘ri qildi”

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Xuan Mata «Partizan» (3:0) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
«Ko‘rsatgan o‘yinimiz yoqdi. Uchta gol kiritdik. Yana gollar urish imkoniyati bo‘lgan edi.Umid qilamanki, bugungi o‘yinimizdan zavq olishdi. Ertaroq gol ursangiz o‘zingizga bo‘lgan ishonch yanada ortadi. Butun o‘yin mobaynida pas so‘radim! Marsyal to‘pni menga uzatmasdan o‘zi gol kiritgani to‘g‘ri qaror bo‘ldi. U ajoyib gol urdi. Antoni o‘z formasiga kirib bormoqda, u biz uchun muhim futbolchiga», — Mataning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.

08.11.2019, 17:36 2 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish