Valverde «Barselona»dan haydalishidan qo‘rqmayapti

Bosh murabbiyni futbolchilar va klub rahbariyati qo‘llab-quvvatlamoqda.
 
AS nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘z lavozimidan ozod etilishidan qo‘rmasligini bildirib o‘tdi.
Ispaniyalik mutaxassisni klub futbolchilari va rahbariyat qo‘llab-quvvatlamoqda, shu boisdan salbiy natija qayd etilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, u egallab turgan lavozimidan ketmayapti.
Avvalroq, Valverdening o‘rniga Ronald Kuman kelishi kutilayotgani haqida xabarlar yangragandi
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia

08.11.2019, 16:30 3 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish