Andrey Kanchelskis Moskvada UEFAning “Pro” litsenziyasini tasdiqlashda ishtirok etadi

"Navbahor" mashg‘ulotlarga kirishmoqda
FIFA kunlari munosabati bilan Superligada 20 kundan ko‘proq tanaffus yuzaga keldi. Shu bois, Navbahor” a’zolariga ham bir haftalik ta’til berilgandi.
Namanganliklar Superliga 24-tur doirasidagi 24 noyabrda safarda “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlikni bugundan boshlashadi.
Bugungi mashg‘ulot “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydonida o‘tkaziladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiya poytaxti Moskvada 10-11 noyabr kunlari o‘tkaziladigan UEFAning “Pro” litsenziyasini tasdiqlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi munosabati bilan “lochinlar”ning bugungi mashg‘uloti rossiyalik mutaxassis Aleksey Belenkov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida o‘tkaziladi.

08.11.2019, 16:06 3 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish