Raul Ximenes raqib futbolchisining yuziga zarba berdi va shifoxonaga ravona qildi (FOTO)

Futbolda ham sog‘liq birinchi o‘rinda.
Kecha UEFA Evropa ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Vulverxempton" va "Slovan" jamoalari bahsida yoqimsiz holat yuz berdi.
Gap shundaki, ingliz klubi forvardi Raul Ximenes havodan kelayotgan to‘pni qaychi usulida tepishga urundi, biroq ushbu holatda raqib himoyachisi Kenan Bayrich to‘p boshi bilan harakat qildi. Natijada Ximenes raqib futbolchisining boshiga kuchli zarba berdi.
Shundan so‘ng Bayrich maydonga quladi va shifokorlar uni o‘ziga keltirish uchun 10 daqiqa harakat qilishdi. U shu paytning o‘zida shifoxonaga yotqizildi. U erda esa futbolchiga miya chayqalishi tashxisi qo‘yildi. U hozi Angliyada mutaxassislar kuzatuvida bo‘lib turibdi.
mmmmm

08.11.2019, 15:21 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish