O‘zbekiston MTJda muammolar borligi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan shunday yo‘l tutildi – Davron Fayziev

14 noyabr kuni Saudiya bilan o‘ynaymiz
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi muhim o‘yinlari borligi uchun Superligada katta tanaffus yuzaga keldi. O‘tgan oyning oxiridan to Qirig‘iziston bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvigacha terma jamoamiz faqat mashg‘ulotlar bilan kifoyalanadi.
O‘yin amaliyotisiz faqat mashg‘ulotlar o‘tkazish terma jamoaga qanchalik foydasi tegadi? Ushbu savol bilan “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayzievga yuzlandik. U esa quyidagicha fikrlarni bildirib o‘tdi:
- Murabbiylar shtabi bir safar PFLga murojaat qildi. Unda Saudiya Arabistoni bilan bo‘ladigan bahsga boshqacha yondoshishimiz lozimligi aytildi va shuning uchun terma jamoaga ko‘proq vaqt berildi.
Aytaylik, Yaman va Singapur syurprizlar taqdim etishi mumkin. Lekin daraja jihatdan biz ulardan ustunmiz. Hozir saviyamiz teng terma jamoa Toshkentga kelmoqda. Shuning uchun ham barcha choralar ko‘rilmoqda. Bir safar terma jamoa yig‘inlari chempionatga ta’sir qildi. Maqsad shu bo‘ldiki, futbolchilarning bir-birlari bilan o‘zaro tushunib o‘ynash. Vadim Abramov qo‘l ostida vakillarimiz 2 uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa ham jamoaviy o‘yin masalasida muammolar bor va shularni bartaraf etishmoqchi, - dedi Davron Fayziev.

08.11.2019, 15:02 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish