Niko Lodeyro: "Suares MLSga o‘tishni xohlamoqda"

Urugvay terma jamoasi va «Sietl Saunders» klubi yarim himoyachisi Niko Lodeyroning aytishicha, hamyurti, «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suares MLSga o‘tishni xohlayotgani haqida gapirib o‘tdi.


- Suares MLSga o‘tishni xohlamoqda. Biz terma jamoa ixtiyorida birga bo‘lganimizda u mendan bu chempionat haqida doim so‘raydi. Ha, uning orzusi — «Barselona»da o‘ynash. U klubda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Ertami-kechmi u baribir MLSga o‘tadi. Umid qilamanki, u men o‘ynayotgan klubga o‘tadi. Biroq, bu qachon amalga oshirini bilmayman, - Lodeyroning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda MLS sayti.

08.11.2019, 15:44 3 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish