Serxio Ramos faoliyatini «Real»da yakunlamoqchi

Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos jamoani tark etish niyatida emas.
 
Don Balon nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, 33 yoshli ispaniyalik markaziy himoyachi faoliyatini «Real» klubida yakunlamoqchi.
Serxio Ramos klub bilan yangi shartnoma tuzish va jamoaning eng yuqori maosh oluvchi futbolchisiga aylanish niyatida. Biroq, yakuniy qarorni “Real” klubi prezidenti Florentino Peres hal qiladi.
Ramosning «Real» bilan tuzilgan shartnomasi 2021 yili o‘z yakuniga etadi.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia

08.11.2019, 15:10 3 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish