Mehmonxona rahbariyati Ronaldu uchun maxsus xona taklif qilishgan ekan

Turinning «Yuventus» klubi EChL doirasida Rossiya poytaxti Moskva shahriga tashrif buyurdi va stadiondan uncha uzoq bo‘lmagan mehmonxonada yashashga qaror qildi.
 
Har safargidek, Krishtianu Ronalduni uchta tansoqchi qo‘riqlab yurdi: klub qo‘riqchisi, shaxsiy tansoqchi va yana bir tansoqchi har ehtimolga qarshi. Tansoqchilar Moskva shahriga bir necha hafta oldin tashrif buyurishdi va “Yuventus” klubining shahar bo‘yicha yo‘nalishini o‘rganishdi deya yozmoqda jurnalist Nobel Arustamyan o‘zining Telegram-kanalida.
Yakunda “Yuventus” klubi stadiondan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan mehmonxonani tanladi. Mehmonxona rahbariyati Ronalduga mehmonxonaning eng zo‘r xonasini taklif qilishdi, lekin Ronaldu rad etdi va “Har bir futbolchi bir xil xonada yashasha kerak” deb javob berdi.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia

08.11.2019, 14:43 3 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish