Morata ChLda ham "Real", ham "Atletiko" safida gol urgan ilk futbolchi

Morata ChLda 4 ta klub safida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Evropa Chempionlar Ligasining 3-turida "Atletiko" "Bayer" (1:0) klubini mag‘lubiyatga uchratdi.
G‘alaba to‘pini zahiradan maydonga tushgan Alvaro Morata 78-daqiqada raqib darvozasiga kiritdi.
26 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasida ham "Real", ham "atletiko" safida gol urgan tarxidagi dastlabki futbolchiga aylandi.
Shu qatorda, ispaniyalik futbolchi ChLda 4 ta klub safida gol urgan ("Atletiko", "Real", "Yuventus", "Chelsi"). Ushbu ko‘rsatkichni faqatgina 2 ta futbolchi qayd eta olgan. Bular: Fernando Morentes ("Real", "Monako", "Liverpul", "Valensiya") va Fernando Lorente ("Yuventus", "Sevilya", "Tottenxem", "Napoli").

23.10.2019, 02:17 3 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish