A Seriyada murabbiylar qancha maosh oladi?

Antonio Konte A Seriyada eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy.
Italiya A Seriyasi murabbiylarining maoshlari e’lon qilindi.
Barchadan eng ko‘p maosh "Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontega tegishli. U yiliga 11 mln evro maosh oladi.
Ikkinchi pog‘onada "Yuventus" ustozi Mauritsio Sarri 5,5 mln evro bilan turibdi. Sarridan "Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 500 ming evro kamroq ish haqqi oladi.
Top-5 talikka "Bolonya" ustozi Sinisha Mixaylovich va "Roma" bosh murabbiyi Paulu Fonseka 3 mln evro maosh bilan kiritilgan.
Shu qatorda, "Inter" Luchano Spalettiga yiliga 4,5 mln evro to‘lab borayotganini ta’kidlab o‘tish mumkin. "Yuventus" ham bundan mustasno emas, turinliklar Massimilliano Allegrining iste’fosi uchun yiliga 7,5 mln evro maosh to‘lashmoqda.

11.09.2019, 15:51 20 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish