A seriya murabbiylari maoshi e’lon qilindi

"La Gazzetta dello Sport" nashri A seriya klublari murabbiylari maoshi reytingini e’lon qildi.


«Inter» bosh murabbiyi Antonio Kontening bir yillik maoshi 11 million evroga teng. Ikkinchi pog‘onani Mauritsio Sarri («Yuventus») egalladi – 5,5 mln evro. «Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa uchinchi o‘rinda qayd etildi — 5 mln evro.

Shuningdek, kuchli beshlikka Sinisha Mixaylovich («Bolonya») va Paulu Fonseka («Roma») kiritildi. Ular yiliga 3 million evro maosh olishmoqda.

Ta’kidlash joizki, «Inter» Luchano Spallettiga 4,5 mln evro, «Yuventus» esa Massimiliano Allegriga 7,5 mln evro maosh to‘lashda davom etmoqda.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia

11.09.2019, 15:30 16 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish