«Muzokaralar yakunlanmagan» – Neymarning otasi o‘g‘li «Barselona»ga qaytishni istashi haqida

PSJ» hujumchisi Neymarning otasi va agenti bo‘lmish Neymar da Silva o‘z o‘g‘lining «Barselona»da o‘ynashdan baxtiyor bo‘lishi haqida gapirdi.
 
«Klubni almashtirish imkoniyati yo‘q bo‘lganida agent sifatida o‘zingni najotsiz his qilasan. Shartnomada shartnomani bir tomonlama buzish huquqi yo‘q edi, bu esa barchasini qiyinlashtirdi.
Biz kelishuvga erisha olmadik. Biz Neymarga yaxshi bo‘lishi uchun hammasini qildik.
Klublar o‘rtasida davom etmoqda. Neymar o‘zi baxtiyor bo‘ladigan joyda o‘ynashni istaydi. U «Barselona»da juda baxtli edi.
«Barselona»dagi do‘stlari undan qaytishi haqida so‘rashganida u bundan ta’sirlanib ketadi», — deya uning so‘zlarini keltirmoqda Paris United.
Bundan avvalroq katalonlar klubi menejeri Xaver Bordas klub futbolchini qaytarish rejasidan voz kechmagani haqida gapirgandi. Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan, uning transfer qiymati esa transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 180 million evroni tashkil etadi.
Bundan avvalroq, frantsuzlar klubi braziliyalik futbolchini qishda transferga qo‘ymoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi. Neymar Parijdan ketishi haqidagi xabarlar yoz davomida matbuotning ilk sahifalarida bo‘ldi, ammo yakunda u baribir Frantsiyada qoldi.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia

11.09.2019, 15:37 18 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish