Neymarga tuhmat qilgan ayolga nisbatan ish ochildi

San-Paulu politsiyasi braziliyalik model Nadjile Trindadega qarshi ish ochdi.
 
Ushbu ayol avvalroq "PSJ" hujumchisi Neymar o‘zini zo‘rlagani haqida politsiyaga shikoyat qilgan edi.

Ammo ayblov uchun etarli dalil bo‘lmagani uchun mazkur ish sentyabr oyi boshida yopildi. Endi esa Trindadega nisbatan firibgarlik, tuhmat va tovlamachilik ayblari qo‘yilmoqda. Shu bois, Nadjile qamalishi mumkin.
Manba: soccernews.ru

11.09.2019, 15:24 23 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish