O‘zbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro musobaqa finaliga yo‘l oldi

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “Umid kubogi-2019” finaliga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi qo‘shni Qirg‘izistonning Qorako‘l  shahrida o‘tkazilayotgan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasidagi ishtirokini muvaffaqiyatli tarzda davom ettirmoqda.
Bugun futbolchi qizlarimiz mezbon yurt terma jamoasiga qarshi bahs yuritishdi va raqib darvozasini javobsiz 9 marta ishg‘ol etishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘iziston – O‘zbekiston 0:9
Hakamlar: Veronika Bernatskaya, Eldiar Salibaev, Zamir Chinibekov, Nurgazi Cholponbaev.
Gollar: Diyoraxon Xabibullaeva (27, 30, 37), Nilufar Qudratova (34, 72), Sitora Taqaboeva (52), Lianna Norbekova (59), Dildora Nozimova (63, 76).
O‘zbekiston:  Maftuna Jonimqulova, Mohira Jo‘raboeva, O‘g‘iloy Qo‘chqorova, Sitora Taqaboeva, Nilufar Qudratova, Malika Burxonova, Laylo Shodieva, Maftuna Shoyimova, Lianna Norbekova, Dildora Nozimova, Diyoraxon Xabibullaeva. 
Natijada hozirga qadar o‘z darvozasidan birorta ham gol o‘tkazib yubormagan terma jamoamiz musobaqaning finaliga yo‘l oldi. Final bahsi 12 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Hal qiluvchi o‘yinda O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasiga Nepal raqiblik qiladi. 

11.09.2019, 13:56 13 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish