"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuviga chiptalar qanchadan sotuvga chiqarilishi ma’lum qilindi

Chiptalar 13 sentyabrdan sotuvga chiqadi
Superliga 19-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinga chiqarilgan chiptalar 13 sentyabrdan soat 9:00da “Markaziy” o‘yingoh kassalarida sotuvga chiqadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, muxlislar 30 ming, 20 ming va 15 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” o‘yini 15 sentyabr kuni soat 18:30da start oladi.

11.09.2019, 13:46 21 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish