Krishtianu Ronalduga Ali Daeining rekordini takrorlashga 16 ta gol qoldi

Ronaldu yangi rekordlar arafasida turibdi.
Evro-2020 saralash bosqichida Litva o‘z uyida Portugaliya yirik 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
E’tiborli tomoni, Krishtianu Ronaldu uchrashuvda 4 ta gol urdi.
34 yoshli futbolchining terma jamoadagi gollari soni 93 taga etdi.
Portugaliyalik hujumchi yana 16 ta gol ursa, Eron terma jamoasining sobiq futbolchisi Ali Daei (109 ta gol)ning rekordi bilan tenglashib oladi.
Litva Ronaldu gol urgan 40-terma jamoa bo‘ldi.
Ronaldu Portugaliya safida 160 ta bahs o‘tkazgan. Evropa rekordi uchun yana 16 ta, jahon rekordi uchun esa yana 24 ta bellashuv qoldi.

11.09.2019, 02:22 36 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish