"Roma" etakchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi

U muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
"Roma" klubi yarim himoyachisi Jengiz Under tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli futbolchi Turkiya terma jamoasi qarorgohida jarohat olgan. Shifokorlar esa uning taxminan 5 hafta maydonga tusha olmaydi.
Endi Under A Seriyaning "Sassuolo", "Bolonya", "Atalanta" va "Lechche"ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. U shuningdek Evropa ligasi doirasida o‘zining sobiq jamoasi  "Istanbul Bashakshexir"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ham ishtirok etmaydi.

10.09.2019, 22:51 19 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish