Bilasizmi? "Nasaf" so‘nggi 5 ta o‘yindan buyon "Qo‘qon-1912" maydonida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda

G‘olib yarim finalga yo‘l oladi.
O‘zbekiston Liga kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi bugun Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 21 marta to‘qnash kelishgan. “Nasaf” o‘yinlarning 14 tasida zafar quchgan, 4 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Uchta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 40-21, “Nasaf” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Ajdardar” 45 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 15 tani tashkil etadi.
Qo‘qonda o‘tkazgan so‘nggi besh uchrashuv:
13.09.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:1
21.04.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 0:0
04.03.2017. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:2
26.08.2016. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:2
16.08.2015. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:3
O‘zbekiston Liga kubogi
Chorak final
«QO‘QON-1912» - «NASAF»
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Sherzod Rajabov
Eslatib o‘tamiz, "Qo‘qon-1912" – “Nasaf” uchrashuvi, bugun Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda soat 17:00da boshlanadi.

14.08.2019, 09:21 28 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish