"Real" Neymar borasida rasmiy taklif bilan chiqmagan. Beyl transferning bir qismi bo‘lishni istamaydi

"Real" prezidenti "Barsa" Neymarni qo‘lga kiritishidan xavotirda.
PSJ xujumchisi Neymar "Real" klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Madridliklar ushbu transferni ko‘rib chiqishmoqda.
Braziliyalik futbolchiga Madrid klubi rasmiy taklif bilan chiqmagan. Ispanlar vaziyatni kuzatishmoqda.
"Qirollik klubi"ning prezidenti Florentino Peres Neymarni qo‘lga kiritmoqchi. Parijliklar forvardi "Barsa"ga qaytishi mumkinligidan Peres havotirda.
Uch oy oldin bo‘lgan suxbatda Peres Neymar bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishilganini aytgan, ammo hozir vaziyat o‘zgargan.
"Real" yarim ximoyachisi Garet Beylni Neymar transferi uchun qo‘shib berishi mumkin. Garet esa bundan norozi. Bu yozda Beyl jamoani tark etish istagi yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Xabarga ko‘ra, "Barselona" klubi madridliklarga nisbatan, Neymarni qo‘lga kiritishda imkoniyatlari yuqori bo‘lib turipti. Ammo vaziyat rivoji har qanday ko‘rinishga o‘zgarishi mumkin.

13.08.2019, 19:32 72 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish