Reytingda Turkmaniston O‘zbekistonni ortda qoldirishi mumkin

Kelasi yillar OChLda nechta klubimiz qatnashadi.
Osiyo Chempionlar Ligasining kechagi natijalaridan so‘ng, Eron va Amirliklar vakillari musobaqani tark etishdi.
Eronliklar uchun "Zob-Axan" klubining ikki uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lishi 2021-2022 yillar uchun OChLda 3+1 kvotasini yo‘qotish bo‘ldi. Chorak finalda uchta klubga ega bo‘lgan Saudiya Arabistoni o‘zi uchun eng yuqori kvotani saqlab qolgan holda, Eronni ortda qoldirdi. Bugun 1/8 finalning qolgan bahslari bo‘lib o‘tadi. Bu OFKning kelajakdagi yana bir reytingini hal qilib beradi. OFK har ikki yilda bir marotaba Chempionlar Ligasidagi kvotalarni aniqlaydi. Ya’ni, 2017 yilgi reyting 2019 va 2020 yillarga mo‘ljallangan kvotalarni belgilaydi, 2019 yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra reyting 2021 va 2022 mavsumlari uchun kvotalarni aniqlaydi. Keyingi safar kvotalarni taqsimlash 2021 yil noyabrda o‘tkazilishi kerak va bu 2023-2024 yillarga tegishli bo‘ladi.
Reytingga klublarning so‘nggi 4 mavsumdagi natijalari kiritiladi. Masalan, 2016 yildan 2019 yilgacha OFK turnirlarida klublar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar 2019 yilgi reytingga kiritiladi. Shu tarzda 2021 yilgi reyting, 2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan natijalarga qarab hisoblanadi.
Shunday qilib, biz bugun so‘nggi to‘rt yilda klublarning natijalaridan kelib chiqgan reytingni ko‘rishimiz mumkin. G‘arbiy zonadagi mamlakatlarning reytingini e’tiboringizga havola etamiz. (Yulduzcha bilan belgilangan mamlakatlar klublari hamon 2019 yilgi musobaqalarda yurishini davom ettirmoqda):
???????? Qatar 30,750*
???????? Eron 30,350
???????? Saudiya Arabistoni 29,100*
???????? O‘zbekiston 18,400
???????? Iroq 16,933
???????? BAA 15,733
???????? Iordaniya 15,333*
???????? Turkmaniston 12,317*
???????? Livan 8,500*
???????? Hindiston 7,633
???????? Tojikiston 7,433
???????? Bangladesh 6,767
O‘zbekiston klublari 2023 va 2024 mavsumlarida 2+2 kvotasini qaytarish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Buning uchun hozirgi to‘rtinchi o‘rinni saqlab qolish kerak bo‘ladi. To‘g‘ri nazariy jihatdan, O‘zbekiston bu mavsumda to‘rtinchi o‘rinda turipti va Turkmanistonni ortda qoldirishi mumkin. Ammo turkmanistonliklarning "Oltin Asr" klubi OFK Kubogida yurishini davom ettirmoqda va ular oldida ko‘pi bilan 5 ta uchrashuv mavjud. Har bir g‘alaba mamlakatga 1,6 ochko keltiradi. Turkmaniston klubiga O‘zbekistonni ortda qoldirish uchun 3 ta o‘yinda g‘alaba qozonish va finalga chiqish kifoya qiladi.
Iordaniyada esa to‘rtinchi o‘ringa chiqish imkoniyati yo‘q. Arablarning "Al-Jazira"si ko‘pi bilan uchta bellashuvda ishtirok etishi mumkin. 3 ta o‘yinda ham g‘alaba Iordaniyaga 2,4 ochko va finalga chiqish uchun 0,5 ochko beradi. Umumiy - 2,9 ochko, bu to‘rttinchi o‘ringa chiqish uchun etarli emas.
Umid qilamanki, ushbu matematika sizni juda charchatmadi va hech bo‘lmaganda OFK kubogiga bo‘lgan qiziqishingizni biroz bo‘lsada uyg‘otdi.

13.08.2019, 18:51 46 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish