Riberi yangi jamoasida 8 mln evro maosh olmoqchi

Uning ishtahasi karnay.
“Bavariya” bilan shartnomasi yakunlangach ayni damda erkin agent maqomida yurgan yarim himoyachi Frank Riberi yangi jamoasida qancha maosh olishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Futbol Arena nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 36 yoshli frantsiyalik futbolchi hozircha yangi jamoasi haqida bir qarorga kelmadi, ammo u qaysi jamoada bo‘lsa ham yiliga 8 mln evrodan kam maosh olmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Riberiga “Fiorentina”dan jiddiy qiziqishlar mavjud. Ammo, ushbu jamoa u so‘rayotgan maoshni to‘lay olmaydi. Unga hozirda Gollandiya va Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar bor.

13.08.2019, 18:02 42 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish