Lempard David Luizning "Arsenal"ga o‘tgani borasida gapirdi

U Londonning boshqa bir jamoasiga o‘tdi.
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard braziliyalik himoyachi David Luizning "Arsenal"ga o‘tgani borasida gapirdi.
“Uning mashg‘ulotlardan bosh tortgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, bunday bo‘lmagan. “Arsenal” uni sotib olishni xohladi va biz qaror qabul qilishimiz kerak edi. Albatta, Luiz yaxshi futbolchi va u raqib safiga ko‘chib o‘tdi, ammo vaziyat shuni talab qildi. Hozir men o‘z ixtiyorimda bo‘lib turgan futbolchilarga e’tibor qarataman”, - deydi Lempard.
Eslatib o‘tamiz, “kanonirlar” 32 yoshli braziliyalik futbolchini “aristokratlar”dan 8,7 mln evro evaziga sotib olishgan edi.

13.08.2019, 17:51 47 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish