O‘zbekiston U-19 - Eron U-19 0:2 (video)

Vakillarimiz javobsiz 2ta gol o‘tkazib yuborishdi.
Kechadan Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan “CAFA U-19 championship-2019” musobaqasi start oldi.
Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk o‘yinni eronlik tengqurlariga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv 0:2 hisobida eronliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
 

10.08.2019, 11:26 71 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish