«Arsenal»ning o‘zagi bo‘lishi kutilgan yana bir ingliz jamoani tark etdi

«Arsenal» himoyachisi Karl Jenkinson faoliyatini Chempionshipda davom ettiradigan bo‘ldi.
 
«Nottinhem Forest» 27 yoshli inglizni «to‘pchilar»dan sotib olib, u bilan 3 yillik shartnoma tuzganini ma’lum qildi.
Har ikki klub ham o‘z e’lonida transfer qiymatini ochiqlamagan.
Ma’lumot uchun, «Arsenal» Jenkinsonni 2011 yilda «Charlton»dan transfer qilgandi. Bir necha yil ijara asosida ingliz klublarida o‘ynagan Karl o‘tgan mavsum Unai Emeri qo‘l ostida jami 8ta uchrashuvda qatnashdi, ulardan uchtasi – Evropa Ligasi bahslari edi.
Jenkinson «Arsenal» safida jami 70ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 5ta golga hammuallif bo‘ldi.
Shu tariqa, «to‘pchilar»ning o‘zagi bo‘lishi kutilgan, Arsen Venger davrida asosiy jamoaga qo‘shilgan besh nafar britaniyalik futbolchining («British Core») beshinchisi ham klubni tark etdi. Bunga qadar Aaron Remsi («Yuventus»), Jek Uilshir («Vest Hem»), Kiran Gibbs («Vest Bromvich») va Aleks Oksleyd-Chemberlen («Liverpul») boshqa klublarga o‘tib ketishgan edi.

07.08.2019, 17:37 64 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish