Butsalarini mixga ilgan Diego Forlan erishgan shaxsiy yutuqlarni bilasizmi?

1979 yil Montevideoda tug‘ilgan urugvaylik hujumchi rasman faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Evropa maydonlarida MYu, «Vilyareal», «Atletiko» va «Inter» jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchi shaxsiy muzeyidagi sovrinlarni e’tiboringizga havola etamiz:
Diego faoliyatidagi eng katta yutuq shubhasiz, 2010 yilgi mundial «Oltin to‘p»idir;
Shuningdek, u Tomas Myuller, David Vilya, Uesli Sneyderlar bilan birga mazkur mundialning «Eng yaxshi to‘purari», deb topilgandi;
2005, 2009 yillarda esa «Oltin butsa»ni o‘ziniki qilgan (bu mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi urugvaylik futbolchi);
2005 (25 ta gol), 2009 (32 ta gol)-yillarda Ispaniya chempionati eng yaxshi to‘purariga beriladigan «Pichichi» mukofoti g‘olibi;
Urugvayda 7 karra «Yil futbolchisi», deb topilgan (2002, 2003, 2005, 2007, 2008, 2009, 2010);
Urugvayda 2 marta «Yil sportchisi», deb topilgan (2009, 2010);
«Gentlemen’s Quarterly» jurnali tasnifiga ko‘ra «Yil sportchisi» (2010);
Nihoyat, 2005 yilda Ispaniya chempionatida harakatlanayotgan «Eng yaxshi amerikalik futbolchi», deb topilgan.
 
 
Faxriddin Ro‘ziev tayyorladi
Manba: Penalti.asia

"Atletiko", "Inter”, Urugvay, Vilyareal

07.08.2019, 14:09 128 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish