«Inter» uni mutlaqo o‘yinga qo‘ymoqchi emas

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi klubdan ketishni istamayapti, vaholanki bosh murabbiy Antonio Konte undan voz kechish istagini matbuotda ham ochiq bildirib bo‘ldi.
La Gazzetta dello Sport`ning xabar berishicha, rahbariyat argentinalikka boshqa klubga o‘tish masalasida o‘ylab olish uchun iyul oxirigacha muhlat bergan, lekin u qolish istagi qat’iy ekanini bildirgan.
O‘rtadagi shartnoma muddati tugashiga ikki yil bor. Manbaning ta’kidlashicha, klub ana shuncha vaqt davomida uni maydonga tushirmaslikka tayyor. Mauroga faqatgina jamoa mashg‘ulotlarida qatnashish imkonigina berilishi mumkin xolos.

04.08.2019, 17:59 104 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish