«Barselona» Neymarni qaytarishning boshqa yo‘lini topdi

«Barselona» mutasaddilari Neymarni «PSJ»dan qaytarishning boshqa chorasini o‘ylab topdi.
 
Sport.es`ning yozishicha, ayni paytda klublar ijara kelishuvi bo‘yicha muzokara o‘tkazishyapti. «Barsa» braziliyalikni dastlab ijaraga olib, transfer huquqini bir yildan keyin sotib olishni mo‘ljallagan.
Manbada kataloniyaliklar transfer summasini kamaytirish uchun «PSJ»ga yarimhimoyachi Ivan Rakitichni berishga tayyorligi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar jarohatidan tuzalib, shu hafta o‘rtasida «PSJ»ning jamoaviy mashg‘ulotlariga qo‘shildi. 
Avvalroq hujumchiga «Real» ham hamon da’vogarligi, uning uchun parijliklarga bir necha futbolchilarini taklif etayotgani, ular orasida Luka Modrich ham borligi haqida xabar tarqalgan edi.

04.08.2019, 17:56 153 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish