Top-10.«San-Paulu» evrofutbolga taqdim etgan nomlar

«Uchranglilar» 10-15 yil oldin Braziliya futbolining bayroqdori sanalishar edi. Oxirgi vaqtlarda «og‘iz ko‘pirtirib» maqtashga arzigulik natijalar ko‘rsata olmayotgan mazkur jamoa ko‘plab futbolchilarga evropa maydonlari tomon ko‘prik vazifasini o‘tab bergan. Quyida shunday nomlar haqida so‘z yuritamiz:
1.Kafu(1989-1994). Ushbu futbolchining biografiyasi juda qiziqarli hisoblanadi. 1970 yilda tavallud topgan futbolchini 18 yoshiga qadar biror bir futbol akademiyasi qabul qilmaydi. Vaj sifatida Kafu futbol talablariga javob berolmasligi ko‘rsatiladi. Kafudagi iqtodorni «San-Paulu» mutasaddilari ilg‘ay oldi va jamoa safiga qo‘shib olishdi. 1994 yilda «Real Saragosa» Kafuni ispan o‘lkasiga olib keldi. Yillar o‘tib Kafu dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etildi. Himoyachi 1997/2003 yillarda «Roma», 2003/2008-yillarda «Milan» sharafini himoya qildi. Ketma-ket 4 mundialda ishtirok etgan futbolchi 2 bor chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan edi.
2.Kaka(2001-2003). Klub akademiyasida tarbiyalangan Rikardu dos-Santos 2003 yilda Karlo Anchelotti tomonidan «Milan»ga olib ketilgan. 2007 yilda Chempionlar ligasida zafar quchgan «Rikki» yakunda «Oltin to‘p»ga munosib deb topilgandi.
3.Karlos Kazemiro(2010-2013). Klub o‘z tarbiyalanuvchisini 2013 yilda Madridning «Real»iga qo‘yib yuborgandi. Endigina 27 yoshga to‘lgan Kazemiro esa madridliklar safida 4 bor chempionlar ligasida zafar quchishni uddaladi.
4.Beletti(1996-2002). Aslida, «Kruzeyro» tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan himoyachi klub safidagi 6 yillik faoliyatidan keyin «ko‘hna qit’a»ga yo‘l oldi. 2011 yilga qadar «Vilyareal», «Barselona» va «Chelsi» klublarida asosan zahira himoyachisisifatida 180dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi.
5.Serjino(1996-1999). Mazkur futbolchi ayni kuchga to‘lgan davrida Braziliyada to‘p surdi va nisbatan kech porladi. Zero, u 1999 yilda «Milan»ga yo‘l olayotgan pallada 28 yoshda edi va «rossonerilar» safida 37 yoshiga qadar to‘p tepdi. Bu muddat davomida Chempionlar ligasini ikki bor qo‘lga kiritishni uddaladi.
6.Edmilson(1995-2000). «Uchranglilar» sharafini 5 yil mobaynida himoya qilgach, evropaga yo‘l oldi va «Lion», «Barselona» va «Vilyareal» sharafini himoya qildi. Futbolchi 2002 yilgi mundial va 2005/2006 yilgi Chempionlar ligasida zafar quchgandi.
7.Denilson(2005-2006). Klub safida bir mavsum o‘ynagach, 18 yoshida Arsen Venger tomonidan Londonga olib ketildi. Denilson «to‘pchilar» safida 7 mavsum mobaynida 96 uchrashuvda 9 gol kiritdi.
8.Sisino(2004-2005). Mazkur qanot himoyachisi ham klub safida bir mavsum harakat qilgach, «Real Madrid» safiga borib qo‘shilgandi. Futbolchi 7 yil mobaynida «Real» va «Roma» safida asosan zahira futbolchisi sifatida harakatlandi.
9.Joao Miranda(2006-2011). Miranda «San-Paulu»dan «Atletiko» safiga kelib qo‘shilgandi. 2015 yildan buyon esa «Inter» sharafini himoya qilmoqda.
10.Lukas Moura(2010-2012). Moura klub akademiyasidan etishib chiqqan vaqtlarida eng iqtidorli braziliyaliklardan biri edi. Keyinchalik 5 yil mobaynida PSJ safida to‘p surgan futbolchi hozir «Tottenxem» sharafini himoya qilmoqda.
Faxriddin Ro‘ziev tayyorladi
Manba:Penalti.asia

"MIlan", "Real Madrid", Kafu, Kaka, Kazemiro, Miranda, moura.

23.07.2019, 17:32 120 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish