O‘xshash taqdirlar yoxud Diegolar 31 yoshgachami?

Janubiy Amerika jahon futbolini har doim eng sifatli hujumchilar bilan ta’minlab keladi. Quyida shunday hujumchilardan ba’zilari haqida so‘z yuritamiz.
Diego Armando Maradona. Ushbu shaxs haqida shunchalik ko‘p va xo‘b yozishganki, yana uning biografiyasi haqida so‘z yuritish mushtariylar tomonidan mantiqsizlik deb baholanishi bor gap. Ma’qola uchun zarur ba’zi ma’lumotlarnigina keltirib o‘tamiz. Diego 1960 yil Buenos-Ayresda tavallud topdi. Futbolchi sifatida Argentinada tanildi. Evropada ispan («Barselona», «Seviliya») va italyan («Napoli») klublarida faoliyat olib bordi. Ta’kidlash joizki, Maradona 31 yoshigacha juda katta marralarni zabt etdi va keyinchalik  jahon futbolidagi o‘rnini yo‘qotib bordi. Quyida Maradonadan keyin Amerikaning janubidan chiqqan Diegolar haqida so‘z yuritamiz.
Diego Alberto Milito. «Rokki Balboa» ham Buenos-Ayresda tavallud topdi. 1979 yilda tug‘ilgan Milito katta futboldagi ilk odimlarini Argentinada tashladi. Evropada «Real Zaragoza», «Jenoa» va «Inter» klublarida faoliyat olib bordi.
Diego Martin Forlan. Urugvaylik bombardirning Milito bilan bir paytda 1979 yilda tavallud topgani e’tiborga loyiqdir. U ham professional futboldagi faoliyatini Argentinada «Independent» klubi safida boshladi. Evropada «Manchester Yunayted», «Vilyareal», «Atletiko Madrid» va «Inter»da to‘p surdi.
Har ikki hujumchi evrofutbol ixlosmandlari qalbidan o‘rin egallay olishgan. Ular taqdiridagi o‘xshashlik shundaki, har ikki hujumchi faoliyatining kulminatsiyasi 2010 yilga to‘g‘ri keld. Biri  mundialda, boshqasi chempionlar ligasida o‘zining nimalarga qodirligini isbotlab qo‘ydi. «Rembo» shu yili chempionlar ligasi va italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi, deb topilgandi. Forlan esa mundialning eng yaxshisi, deb e’tirof qilindi.  Shundan so‘ng ikkala janubiy amerikalik o‘yinida pasayish boshlandi. Hujumchilarning yo‘li 2011 yilda kesishdi. Ishlari yurishmayotgan «Inter» rahbarlari jamoa hujum chizig‘ida janubiy amerikaliklar tandemini shakllantirish maqsadida Forlanni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ammo ushbu tandem o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish etib berolmadi. «Inter» esa ularning evrofutboldagi so‘ngi klubi bo‘lib qoldi.
Yuqorida nomlari tilga olingan har uchchala futbolchi 31 yoshdan keyin o‘z darajasini yo‘qotib bordi. Vaholanki, hali yana 5-6 yil top darajada to‘p surishlari mumkin edi. Shunday ekan, ko‘plab futbolchilari 29-30 yoshdan keyin yo‘qolib qoladigan yurt farzandi sifatida nolimasak ham bo‘lar ekan.

"Atletiko Madrid"., "Inter", argentina, Diego Forlan, maradona, milito

23.07.2019, 01:18 103 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish